16:12 / 17.07.2015
2904

Tojiboyev va Polyanskiy Toshkentda matbuot anjumani o‘tkazishdi

Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasida AIBA Pro Boxing (APB) turniri 60 kg vazn toifasidagi birinchi silsila o‘yinchilari tashkilotchilari hamda bokschilar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirligi, boks federatsiyasi, milliy olimpiya qo‘mitasi hamda Xalqaro havaskor boks uyushmasi tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Braziliya, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Rossiya, Benin va Filippin vakillari ishtirok etadi.
Anjmumanda o‘zbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboyev va uning raqibi Dmitriy Polyanskiylar ishtirok etdi.
“Jahon” axborot agentligi bergan ma'lumotga qaraganda, matbuot anjumani davomida bokschilarning vazni o‘lchanib, ular o‘z vazn toifalarini toifalarini aniqlab olishdi.
Tojiboyev tashkilotning shu yil may oyida Toshkentda o‘tkazilgan ilgarigi turnirida irlandiyalik bokschi Joys Devid Oliverni mag‘lubiyatga uchratgan edi. Bu safar u rossiyalik Dmitriy Polyanskiyga qarshi jang o‘tkazadi.
Havaskor boks turniri “O‘zbekiston” sport majmuasida o‘tkaziladi.

Top