19:45 / 18.07.2015
2047

“Yuventus” Vidalni Amerika kubogi paytida avtohalokatga uchraganidan keyin sotib yuborishni istab qolgan

Bein Sports nashri muxbiri Tankredi Palmeri yarimhimoyachi Arturo Vidalning “Yuventus”dan ketishining tavsilotlarini ma'lum qildi.

“Arsenal” Vidal yo‘l-transport hodisasiga tushishidan bir oy avval uni xarid qilish bo‘yicha “Yuventus”ga taklif bildirgan. Taklif rad etilgan, chunki turinliklar uni sotishni istamaganlar.

Biroq avtohalokatdan keyin ularning fikrlari o‘zgarib qoldi. Vidal vakillari “Arsenal” bilan muzokaralar o‘tkazishga harakat qildilar, biroq kech bo‘lgan edi.

Ular “Bavariya”ni jalb qilishlariga to‘g‘ri kelgan. “Arsenal” ham futbolchiga qiziqish bildirayotgani “Bavariya”ni tezkor qaror qabul qilishga majbur etgan”, deb yozdi Palmeri o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, chililik futbolchi Amerika Kubogi musobaqasi paytida mast holatda avtomobil boshqarganda o‘z ayoli bilan avtohalokatga uchragan.

Top