00:37 / 18.07.2015
10716

Aktrisa Mila Yovovich “Yovuzlik maskani” filmining yangi qismidagi roli uchun sochini tag-tugi bilan oldirib tashladi

Aktrisa Mila Yovovich o‘zining instagramdagi sahifasida “Yovuzlik maskani” (“Obitel zla”) filmi suratga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rayotganini namoyish etuvchi fotosuratni joylashtirdi.

“Ko‘pchilik kutgan voqea sodir bo‘ldi: Yovovich-Anderson klani uchun zombilarni yo‘q qilish mavsumi ochildi, deya olaman. Suratda mening yuzimni “Yovuzlik maskani-6” filmiga tayyorlashayotgani aks etgan. Janubiy Afrikadagi suratga olish ishlariga ketyapman”, deb yozdi aktrisa fotosuratga bergan izohida. Aktrisa bu fotosuratda badaniga bint bog‘langan va taqir bosh qiyofada aks etgan.
Biroq suratda aktrisa haqiqatdan ham sochlarini oldirib tashlagani yoki bu grim ekanligini farqlashning imkoni yo‘q.

Pol U.S.Anderson rejissyorligi ostida suratga olinayotgan “Yovuzlik maskani-6” filmi 2016 yilning 2 sentabridan katta ekranlarga chiqariladi.

Top