16:29 / 18.07.2015
2732

Netanyaxu Falastin rahbari bilan tinchlik o‘rnatish masalasini muhokama qildi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot uyushtirdi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozmoqda.

Aytilishicha, bu ikki yetakchining bir yildan buyon birinchi telefon muloqotidir.
Netanyaxu matbuot xizmati tarqatgan matbuot xabarnomasida aytilishicha, u Abbosga Isroil fuqarolari tinchlikni xohlashi va bundan keyin ham mintaqada barqarorlik o‘rnatish yo‘lidagi ish davom etishini ma'lum qilgan.
O‘z navbatida, Abbos yil so‘ngiga qadar tinchlik shartnomasi tuzishning muhimligini ta'kidlab o‘tgan.

Top