15:49 / 18.07.2015
2431

Olland “Formula-1” yulduzi Byankining vafoti yuzasidan ta'ziya bildirdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland “Formula-1” yulduzi Jyul Byankining oilasiga o‘z hamdardligini bildirdi. U Fransiya sporti uning qiyofasida ulkan umidlaridan birini yo‘qotganini ta'kidlab o‘tdi.
Ilgariroq “Marusya” jamoasi a'zosi, “Formula-1” haydovchisi Jyul Byanki Fransiyadagi shifoxonalarning birida vafot etgani xabar qilindi. Bu haqda haydovchining rasmiy fan-klubining Feysbukdagi sahifasida aytildi.
Byanki 2014 yil 5 oktabrida Yaponiyadagi Gran-prida halokatga uchradi. U 43-aylanishda trassadan chiqib ketib, germaniyalik haydovchi Adrian Sutilning bolidini evakuatsiya qilishga kelgan traktorga urildi. Poyga 47-aylanishda qizil bayroq bilan to‘xtatilgan edi.

Top