16:13 / 18.07.2015
2728

O‘zbekiston milliy kutubxonasi delegatsiyasi AQShda bo‘ldi

O‘zbekiston milliy kutubxonasi delegatsiyasi AQShda bo‘ldi. Ular mamlakatning bir qancha yirik kutubxona muassasalarida bo‘lishdi. Safar chog‘ida ular AQSh Kongressi kutubxonasi hamda boshqa kutubxonalarning ishi bilan tanishib chiqdilar.
Shuningdek, Nyu-York, Boston va Bruklin jamoat kutubxonalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. O‘zaro tajriba almashish, ikki tomon xodimlarining xorijiy stajirovkasi masalalari ko‘rib chiqildi.
“Biz AQSh Kongressi kutubxonasining “Elektron kutubxona” loyihasi dunyoda juda mashhurligini bildik, – dedi milliy kutubxona direktori A. Xo‘jayev Kultura.uz saytiga bergan intervyusida. – U o‘z tarkibiga raqamlashtirilgan ko‘plab kitoblarni oladi. Ular ichida kamyob nashrlar ham bor. Endi biz ushbu loyihaga qo‘shilishni o‘ylayapmiz. Shuningdek, ixtisoslashgan muzeylar o‘z kutubxonasiga egaligidan mamnun bo‘ldik. Muzeyga nafaqat eksponatlarni ko‘rish, balki kitoblar o‘qish va filmlar ko‘rish uchun tashrif buyurilar ekan”.

Top