20:55 / 19.07.2015
8785

“IShID” jangarilari amalga oshirgan portlatish oqibatida Iroqdagi Olimpiya stadioni butkul vayron bo‘ldi

“IShID” terrorchilik tashkiloti jangarilari Iroqning Anbar viloyatidagi eng katta sport inshooti – Ramadi shahridagi Olimpiya stadionini vayron qilishdi.
Stadion u yerdan hukumat qo‘shinlari ketganidan keyin jangarilar tomonidan minalashtirildi. Terrorchilar stadion majmuasiga kiradigan barcha inshootlarni yo‘q qilish uchun 3,5 tonnadan ko‘proq portlovchi modda ishlatdi. Portlash oqibatida sport arenasi asosigacha butkul vayron bo‘ldi.

Top