19:57 / 19.07.2015
4514

“Roma” yarimhimoyachisi Seydu Keyta “Real” himoyachisi Pepe bilan ko‘rishishdan bosh tortdi

18 iyul kuni futbol bo‘yicha Avstraliyada Xalqaro chempionlar kubogi boshlandi. Musobaqaning ilk uchrashuvida Rimning “Roma” va Madridning “Real” klublari to‘qnashishdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi sifatida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv an'anaviy sardorlarning qo‘l berib ko‘rishish marosimisiz boshlandi. Keyta Pepeni qarshilashdan bosh tortdi.

Bunga rimliklar sardori Seydu Keyta va madridliklar sardori Pepe o‘rtasidagi 2011 yildagi Ispaniya Superkubogi uchrashuvidagi noxush voqea sabab bo‘ldi.

O‘sha paytda “Barselona” safida to‘p surgan Keyta Pepeni irqchilikda ayblagan edi. Keytaning aytishicha, portugaliyalik o‘yinchi uni maymun deb atagan. 2014 yilda ushbu o‘yinchilar orasida yana janjal chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagan. Penaltilar seriyasida rimliklar “Real” ustidan 7:6 hisobida g‘alaba qozondilar.

Top