15:52 / 19.07.2015
2457

Daily Mail: Di Mariya “Manchester Yunayted”dan ketish uchun transfer haqida talabnoma kiritishi kerak

“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya boshqa klubga o‘tish niyatida.
Daily Mail nashrining yozishicha, “Qizil iblislar” 28 yoshli argentinalik sportchini qo‘yib yuborishni istashmayapti, PSJga o‘tishni istayotgan Di Mariya esa bunday vaziyatda transfer haqida talabnoma kiritishi mumkin. Bu holda hali 4 yillik shartnomasi oldida turgan futbolchi jamoadan tovon puli ololmaydi.
Ilgari Di Mariya PSJ bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgani xabar qilingan edi. Fransiya jamoasi futbolchi uchun 40 mln funt sterling berishga tayyor.
Di Mariya o‘z vaqtida “Manchester” tarkibiga “Real”dan 60 mln funtga o‘tgan edi.

Top