09:08 / 19.07.2015
2211

FIFAning sobiq vitse-prezidenti 10 mln dollar garov evaziga ozodlikka chiqarildi

Shveytsariya huquq-tartibot muassasalari tomonidan qo‘lga olinib, AQShga 16 iyulda esktraditsiya qilingan FIFAning sobiq vitse-prezidenti Jyeffri Uebb 10 mln dollar garov evaziga ozodlikka chiqarildi. Uebb Bruklin federal sudidan 32 km masofadagi hududdan tashqariga chiqishi kerak emas. Uning harakatlanishi ortidan maxsus elektron qurilma kuzatadi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Sudda Uebb o‘zini reket amalga oshirish va pora olishda aybdor deb tan olmagan. Tergovchilarning fikricha, u 24 yillik faoliyati davomida futbol musobaqalarini translyatsiya qilish huquqini berish uchun 150 mln dollar pora olgan.
FIFA rahbariyatining bir necha a'zolari may oyi oxirida korrupsiyada ayblanib Tsyurixda hibsga olingan edilar. Bu korruptsion mojaro sababli beshinchi muddatga qayta saylangan FIFA rahbari Yozef Blatter o‘z lavozimidan ketishini e'lon qilgan edi.

Top