10:20 / 19.07.2015
4248

Italiyaning sobiq bosh vaziri: AQSh va Rossiya qarshiligi IShIDga qarshi kurashish imkonini bermaydi

Rimda o‘tkazilgan konferensiyada chiqish qilgan Italiyaning sobiq bosh vaziri Romano Prodi AQSh va Rossiyaning IShID guruhiga qarshi kurashda jipslashishining zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Uning fikricha, bu ikki davlatning hamkorligisiz Liviya va Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatib bo‘lmaydi. Uning so‘zlarini Breitbart sayti keltirmoqda.
“Terrorchilikni yo‘q qilish uchun eng qudratli davlatlar bir kelishuvga kelishi zarur... Ammo bir qancha narsa bunga to‘sqinlik qilmoqda. Bu AQSh va Rossiyaning Ukraina masalasidagi qarama-qarshiligidir. Ular orasida ziddiyat ancha yuqori darajada saqlanib turibdi”, – dedi siyosatchi.
Shu tariqa, Romana Prodi Birlashgan Qirollik mustaqillik partiyasi rahbari Nayjyel Farajning Rossiyaning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashdagi o‘rni haqidagi so‘zlarini takrorladi. Ilgariroq Faraj Vashingtondagi chiqishida G‘arb bu masalada Rossiya bilan hamkorlik qilishi zarurligini ta'kidlagandi.

Top