23:20 / 19.07.2015
6312

JARda akula syorfing bo‘yicha uch karra jahon chempioniga hujum qilib qoldi

Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan J-Bay Open musobaqasida syorfing bo‘yicha uch karra jahon chempioni avstraliyalik Maykl Fenning akula tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda USA today nashri xabar berdi.

Fenning o‘z ishtirokini boshlamoqchi bo‘lganda akula uning orqasidan hamla qilib qoldi. Syorfchi jarohat olmadi va yordam yetib kelguncha akulaga qarshilik ko‘rsata oldi.

“Men harakatni boshlamoqchi bo‘lganimda nimadir meni ushlab olmoqchi bo‘layotganini his qildim... Men tezlik bilan qochib qoldim, biroq u mening atrofimda aylanishda davom etaverdi. Men uni oyoqlarim bilan tepib, baqira boshladim. Menga faqatgina uning suzgichlari ko‘rinardi va u meni tishlab olishni kutardi”, deb aytmoqda Fenning.

Ushbu voqea sababli musobaqalar bekor qilindi.

Top