12:43 / 19.07.2015
2224

Toshkentdagi ijarachi firma soliqlarni yashirganlikda ayblandi

Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Mas'ul ijara” MChJ rahbari Anvar Solihov davlatdan soliqlarni yashirishda ayblandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, u MChJ bosh hisobchisi Marina Yevgonova bilan hamkorlikda daromad va soliq haqidagi hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritgan. Firma turli hududlarda binolar qurib, ularni ijaraga berish bilan shug‘ullanib kelgan.
MChJning faoliyati tekshirilganida, davlatga to‘lanishi kerak bo‘lgan soliqlarning to‘lanmaganligi fosh etildi. 2011-2013 yillar va 2014 yilning yarmi davomida MChJ rahbari va bosh hisobchisi tomonidan davlatga to‘lanishi kerak bo‘lgan 74.797 mln so‘mlik soliq to‘lanmagani aniqlandi.
Bu qonunbuzarlik Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.

Top