14:46 / 20.07.2015
2546

Abdulaziz Komilov Iordaniya elchisi bilan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi

2015 yilning 20 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Salih Ahmad al-Javarnehni qabul qildi.

Elchi o‘zining ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish hamda BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalarni mustahkamlashga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Shuningdek, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Top