17:52 / 20.07.2015
19299

Dunyoning eng nufuzli davlatlari reytingi e'lon qilindi

Portland piar agentligi tomonidan “yumshoq kuch ishlatish” bo‘yicha dunyoning eng nufuzli davlatlari reytingi – The Soft Power 30 tuzib chiqildi. Reyting natijalari The Economist jurnalida chop etildi.
30 davlatdan iborat ushbu reytingda birinchi o‘rinni Buyuk Britaniya egalladi. Ikkinchi o‘ringa Germaniya, uchinchi o‘ringa AQSh munosib ko‘rildi. Kuchli o‘nlikdan, shuningdek, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Shveytsariya, Yaponiya, Shvetsiya va Niderlandiya o‘rin oldi.
Reytingda oxirgi o‘rinni Xitoy egalladi. Rossiya reytingga kiritilmadi.

Top