20:31 / 20.07.2015
2165

FIFA prezidenti lavozimiga sobiq nomzod: Blatterning iste'fosini boshqa cho‘zish kerak emas

FIFA prezidenti lavozimiga sobiq nomzod, Iordaniya shahzodasi Ali ibn al-Husayn FIFAning amaldagi prezidenti Yozef Blatter FIFAning yangi prezidenti saylanadigan navbatdan tashqari kongressning o‘tkazilishini kutib o‘tirmasdan zudlik bilan iste'foga ketishi kerakligini aytmoqda.

“Agar FIFAning yangi prezidenti saylovlari dekabrda o‘tsa, FIFAning yuqorisida hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaydi, bu esa bizga juda zarur.
Blatterning iste'fosini boshqa cho‘zish kerak emas. U o‘ziga o‘rinbosar tanlab, saylovlar borishiga ta'sir o‘tkaza olmasligi uchun hoziroq iste'foga ketishi kerak”, deb aytmoqda al-Husayn.

Top