10:26 / 20.07.2015
2074

"Fluminense" Ronaldinoning taqdimotini o‘tkazdi

19 iyul kuni Braziliya poytaxtidagi "Marakana - Mario Filyu" o‘yingohida "Fluminense" jamoasi mashhur futbolchi Ronaldinoni o‘zining yangi a'zosi sifatida tanishtirdi.

Bu marosimni tomosha qilish uchun minglab futbol muxlislari tashrif buyurishgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu 35 yoshli futbolchi o‘tgan haftada "Fluminense" jamoasi tarkibiga erkin agent maqomida tashrif buyurgandi. U yangi jamoasida 10 raqami ostida harakat qiladi.

U o‘tgan mavsumda Meksikaning "Keretaro" jamoasi safida o‘ynadi va yangi mavsum arafasida uning Turkiyaga, "Antalyaspor" jamoasiga kelishi haqida xabarlar tarqalgandi. Lekin Ronaldino turklarning taklifiga ko‘nmagan hamda Braziliyada o‘zining faoliyatida yangi sahifa ochishga qaror qilgan.

Top