21:43 / 20.07.2015
4734

Islom Karimov nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan tabriklar kelishda davom etmoqda

Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari nomidan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-xotirjamlik, ravnaq va farovonlik tilab, ezgu istaklar bildirilgan.

Jumladan:

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri Muhammad bin Noyif bin Abdulaziz Ol Saud;

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Devid Kemeron;

Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy;

Qatar Davlati Amirligi Valiahdi Shayx Abdulloh bin Hamad Ol Soniy;

Qatar Davlati Bosh vaziri, ichki ishlar vaziri Shayx Abdulloh bin Nosir bin Xalifa Ol Soniy;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika;

Falastin Davlati Prezidenti, Falastin ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos;

Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

Saudiyalik vatandoshlar Safoxon Jalolxon To‘ra Marg‘iloniy va boshqalar;

Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropoliya okrugi rahbari Vikentiy o‘z tabriklarini yo‘lladilar.

Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deb xabar berdi UzA.

Top