13:10 / 20.07.2015
2273

Jon Kerri AQSh prezidentligi saylovlarida ishtirok etmaydi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri prezidentlik saylovlarida ishtirok etmaydi. Bu haqda u CNN telekanali efiri orqali bayonot berdi.
Jurnalistning prezidentlik uchun kurashga kirish-kirmaslik haqidagi savoliga javob berarkan, Kerri “Yo‘q. Ehtimoldan uzoq” deb javob qaytardi.
“Mening ajoyib ishim bor. Yaqin bir yarim yil ichida hali ko‘p narsa qilishimiz kerak. Va bu juda muhimdir”, – ta'kidladi u.
Hozirgi paytgacha saylovoldi kampaniyasida qariyb 20 nafar nomzod ishtirok etmoqda. CNN va ORC tadqiqot xizmati tomonidan iyun oyida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, saylovchilar orasida eng katta mashhurlikka AQShnin sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va Florida shtatining sobiq gubernatori Jyeb Bush ega.

Top