07:41 / 20.07.2015
2464

Lockheed Martin kompaniyasi vertolyot ishlab chiqaruvchi Sikorsky Aircraft`ni 8 mlrd evaziga xarid qiladi

AQShning qurol ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalaridan biri Lockheed Martin Corp. vertolyot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan Sikorsky Aircraft kompaniyasini xarid qilish uchun 8 mlrd dollar to‘laydi. Bu haqda ishonchli manbalariga asoslangan holda Reyter nashri xabar bergan.

Qayd etilishicha, kompaniya tuzilgan bitim haqida 20 iyul kuni e'lon qiladi.

Xabarda aytilishicha, bu xarid Lockheed uchun 20 yil oldin Martin Marietta Corp. kompaniyasi 10 mlrd dollar evaziga sotib olinganidan buyon ikkinchi yirik xaridaga aylanadi.

Top