18:21 / 20.07.2015
7228

National Interest: AQSh Rossiyaning O‘rta Osiyodagi ta'siri kuchayishiga ko‘nishga majbur

Ukraina sharqidagi vaziyat yuzasidan kelib chiqqan ixtilofga qaramay, AQSh Rossiyaning O‘rta Osiyoda mustahkam o‘rnashishidan manfaatdor, negaki mintaqada ikki mamlakatning umumiy manfaati – terrorchilikka qarshi kurash mavjud. Bu haqda The National Interest nashridagi maqolada aytildi.
2015 yil aprelida Rossiyaning Tojikistondagi 201-motoo‘qchi diviziyasi qo‘mondoni rasmiy Moskva 2020 yilga qadar mintaqadagi harbiylari sonini 5 900 kishidan 9 000 kishiga yetkazishini aytgan edi. Ikki oydan so‘ng bu harakat bekorga amalga oshirilmayotgani ma'lum bo‘ldi: tojikistonlik polkovnik Gulmurod Xalimovning IShID tarkibiga o‘tib ketishi vaziyatning murakkabligini ko‘rsatib berdi.
IShIDning mintaqaga ta'siri hozircha u qadar kuchli bo‘lmasa ham, mintaqa davlatlari, Rossiya va AQSh unga qarshi kurashishga tayyor turishi kerak.
Maqola muallifining fikricha, Rossiyaning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotiga kirishi mintaqa xavfsizligini ta'minlashda muhim o‘rin tutishi mumkin.

Top