Afg‘oniston armiyasining 14 nafar askari AQShning havo hujumiga yo‘liqib, halok bo‘ldi. Bu haqda France Press xabar bermoqda.
Xabarda ma'lum qilinishicha, amerikaliklar Kobul janubidagi Logar viloyatida "Tolibon" jangarilarini kuzatish uchun tashkil etilgan qarorgohga zarba yo‘llagan.
"AQShga tegishli ikkita vertolyot Afg‘oniston armiyasining blokpostiga hujum qildi. Natijada 14 nafar afg‘on askari halok bo‘ldi", deb ma'lum qildi Logar viloyati rahbari Baraki Barak Muhammad Amin.