12:57 / 20.07.2015
8830

O‘zbekistonda abituriyentlar miqdori bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Bugun oliy o‘quv yurtlari qabul komissiyalarining ishi tugaydi. Soat 9:00 holatiga ko‘ra ular umumiy hisobda 548 ming abituriyentning hujjatlarini qabul qilib olgan.
2014 yili bu ko‘rsatkich 543 mingga teng edi.
Shu tariqa, joriy yilda abituriyentlar miqdori bo‘yicha yangi rekord o‘rnatiladi. Bakalavriatga 57 957 talaba qabul qilinishi inobatga olinsa, tanlov bir o‘ringa 9.47 nomzodni tashkil qiladi.

Top