13:02 / 20.07.2015
3720

Qirg‘izistonda sobiq deputat IShIDga yordam berishda ayblanib qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda IShID guruhi terrorchilariga yordam berishda ayblanib sobiq parlament deputati qo‘lga olindi. Bu haqda milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot bo‘limiga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Xabarnomada aytilishicha, sobiq deputat Manas aeroportida mamlakat tashqarisiga chiqib ketishga harakat qilish chog‘ida qo‘lga olingan. Uning ismi-sharifi hozircha oshkor qilinmadi. Faqatgina 2006-2010 yillarda “Oq yo‘l” partiyasidan parlamentda faoliyat yuritgani aytildi.
Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ishontirishicha, sobiq deputat 16 iyul kuni yo‘q qilingan terrorchilar guruhiga bevosita aloqador bo‘lgan, jumladan, unga pul va qurol-aslaha yetkazib turgan.
Eslatib o‘tamiz, maxsus qismlar tomonidan Bishkek va uning atrofida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida IShIDning 6 a'zosi o‘ldirilgan va 7 nafari qo‘lga olingan edi.

Top