09:14 / 20.07.2015
3422

Rossiya amaldorlari Linux’ga o‘tishi mumkin

Rossiya internetni rivojlantirish instituti 1 oktabrgacha prezident Vladimir Putinga internetning rus tarmog‘ini rivojlantirish haqidagi taklif bilan chiqadi.

Takliflar ichida mansabdorlarning kompyuterlarida Windows o‘rniga ochiq kodli Linux operatsion dasturiga o‘tish bor. Bu haqda RBK nashri xabar bermoqda.

Institut rahbari German Klimenkoning so‘zlariga qaraganda, tashabbus sekin-asta, 2017 yilga qadar joriy qilinishi kerak.
“Biz bir qancha hokimlar bilan bu borada kelishuvga erishdik. Ularning kompyuterlaridagi Windows o‘rniga ochiq kodli Linux operatsion dasturi o‘rnatiladi”, – dedi Klimenko.

Institut ma'lumotlariga qaraganda, 2013 yili Windows mahsulotlarining aylanmasi 109 mlrd rublni tashkil qilgan. Davlat Dumasi strategik axborot tizimlarini rivojlantirish qo‘mitasida esa boshqa ma'lumotlar aytilgan edi – 34 mlrd rubl.

Top