16:32 / 20.07.2015
1891

Tojikistonlik jurnalistlarga davlat axborot agentliklariga tayanib yozish topshirildi

Tojikiston hukumati mamlakat ishlayotgan OAVga “Xovar” milliy axborot agentligi bergan ma'lumotlarga tayanib yozish haqida ko‘rsatma beradi. O‘z navbatida, “Xovar” barcha rasmiy matbuot xabarnomalarini va davlat organlari bayonotlarini oladi.
“Vedomosti” gazetasining yozishicha, bu hukumat yig‘ilishining rasmiy bayonotida qayd qilindi.
“Barcha davlat idoralari o‘z xabarlari va matbuot xabarnomalarini “Xovar” davlat axborot agentligiga beradi, boshqa OAV esa rasmiy ma'lumotni faqat shu nashrga iqtibos keltirgan holda qo‘llashi mumkin bo‘ladi”, – deyiladi xabarnomada.
Aniqlashtirilishicha, ushbu tartib davlat yig‘ilishlari, prezidentning ishchi safarlari, Tojikiston delegatsiyasi va rasmiy shaxslari ishtirokidagi xalqaro tadbirlar haqidagi axborotga taalluqli.

Top