15:57 / 20.07.2015
2859

Turkiyaning Suruch shahrida portlash yuz berishi natijasida kamida 25 nafar kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Suriya bilan chegara qismida joylashgan Suruch shahridagi kafelardan birida portlash sodir etildi va kamida 25 kishi halok bo‘ldi.

RIA Novosti nashri ma'lumotiga ko‘ra, bu kafe shahar markazida, madaniyat uyi yonginasida joylashgan bo‘lib, bu yerda Klaster bombasi portlatilgan.

Xabarda ta'kidlanishicha, yana o‘nlab kishilar jarohatlangan. Portlashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.
Bu hodisa bo‘yicha rasmiy bayonot berilishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, bu portlash Turkiyada shu kunning o‘zida amalga oshirilgan ikkinchi noxush hodisa hisoblanadi. Biroz oldinroq, Istambul shahrida noma'lum shaxs odamlarga qarata o‘t ochishi natijasida 5 kishi jarohatlangan, jabrlanuvchilardan biri sayyoh ekani aniqlangandi.

Top