23:40 / 20.07.2015
2746

Yozef Blatter: “O‘zimni himoya qila olaman, biroq hozir FIFAni himoya qilish kerak”

FIFA prezidenti Yozef Blatter matbuot-anjumanda maoshi, iste'fosi va o‘zining o‘rinbosari haqidagi savollarga javob berdi.

“– FIFA rahbari sifatida qancha maosh olasiz?
– Men vaqti kelib buni oshkor qilaman.
– Nima uchun siz qayta saylanganingizdan 4 kun o‘tib iste'foga chiqdingiz?
– FIFAga barcha tomondan ko‘rsatilgan bosim tufayli. Mening burchim, mening vazifam – FIFAni tashkilot sifatida himoya qilish. O‘zimni himoya qila olaman, biroq hozir FIFAni himoya qilish kerak”.
– Platini sizning o‘rningizni egallashga munosib nomzodmi?
– Men barcha nomzodlarga omad tilab qolaman”, deb ushbu savolga aniq javob berishdan qochdi Blatter.

Top