07:19 / 21.07.2015
2704

“Chelsi” 2015/16 yillar mavsumi uchun safar liboslarini namoyish qildi

Angliyaning “Chelsi” klubi o‘zining rasmiy saytida 2015/16 yillardagi mavsum uchun safardagi o‘yinlarda maydonga tushadigan liboslarini taqdim qildi. Jamoa ushbu yangi kiyimda ilk bor 28 iyulda Vashingtonda “Barselona”ga qarshi uchrashuvda harakat qiladi.

Yangi futbolkalar oq, qizil va ko‘k ranglardan iborat.

Ushbu sport liboslarii Adidas firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Yangi mavsumda “Chelsi”ning titul homiysi Yokohama Tyres kompaniyasi bo‘ladi.

Top