15:23 / 21.07.2015
2088

2015 yilda 4 217 nafar nafaqaxo‘r va faxriylar sanatoriylarda bepul davolandi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 4 217 nafar mehnat faoliyatini olib boruvchi nafaqaxo‘r va mehnat faxriysi tizimdagi sanatoriylarda bepul va imtiyozli asosda sog‘lomlashtirildi. Ushbu maqsadlarga jami 3.387 mlrd so‘m ajratildi.
Sanatoriylar atrofida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi 623 nafar yoshi ulug‘ keksa, shuningdek, bu maskanlarda uzoq yillar xizmat qilib, nafaqaga chiqqan sobiq xodimlarni sog‘lomlashtirishni ambulator sharoitda o‘tkazish yuzasidan 13.800 mln so‘mlik ishlar bajarildi.
Jamoa shartnomalari orqali 34 060 nafar nafaqaga chiqish arafasidagi xodimga kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablag‘laridan 11.82 mlrd so‘m miqdoridagi qimmatbaho sovg‘alar berilib, moddiy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, 1 243 nafar nuroniyning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz shaharlariga sayohati tashkil etilishi uchun 175.520 mln so‘m yo‘naltirildi. Ishonch telefonlari orqali 115 nafar keksaga huquqiy maslahatlar berildi.

Top