09:51 / 21.07.2015
9036

2015 yilning iyunida 135 yildan beri eng issiq ob-havo kuzatildi

O‘tgan iyun oyida oxirgi 135 yil ichidagi eng issiq ob-havo kuzatildi. Bu haqda AQSh okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) tomonidan xabar qilindi.

Hisobot davrida harorat XX asrning o‘rtacha ko‘rsatkichidan 0.88 daraja issiq keldi. Bu bilan 2014 yili qayd qilingan rekord yangilandi.

Boshqarma 1880 yildan buyon ob-havoni muntazam kuzatib keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, birinchi yarim yillik tarixdagi eng issiq davr bo‘ldi – o‘rtacha harorat 2010 yili qayd qilingan rekorddan 0.85 daraja baland bo‘ldi.

Mutaxassislar AQSh, Janubiy Amerika, Ispaniya va Avstraliyada eng rekord darajadagi issiqlik kuzatilganidan darak bermoqdalar. Bundan tashqari, Hindiston va Pokistonda 49 daraja issiq bo‘lib, buning oqibatida deyarli 4 ming kishi halok bo‘ldi.

Top