15:58 / 21.07.2015
1862

Abdulaziz Komilov YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

21 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burianni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari hamda turli sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.

Muloqot davomida Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha Strategiyasining amaliy ahamiyati va samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda YeIning O‘zbekistondagi Delegatsiyasi rahbari, elchi Yuriy Shterk ishtirok etdi.

Top