10:12 / 21.07.2015
1725

Boeing yaqin 20 yilda uchuvchilar va aviatexniklar talab oshishini ma'lum qildi

Yaqin 20 yil ichida 1.2 mln uchuvchi va muhandis-texnik mutaxassislar kerak bo‘ladi. Bu AQShning Boeing aviasoz kompaniyasining Pilot and Technician Outlook hisobotida aytildi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, 2015-2034 yillarda jahon aviatsiya sohasiga 558 ming yangi uchuvchi va 609 ming xizmat ko‘rsatuvchi xodim kerak bo‘ladi. Har yili aviasohaga 28 ming yangi uchuvchi va 30 ming aviatexnik kerak bo‘ladi.
Eng katta talab Osiyo va Tinch okeani mintaqasida kuzatiladi (226 ming uchuvchi va 238 ming texnik). Yevropa va Shimoliy Amerikada aviatsiya kadrlariga bo‘lgan talab taxminan bir darajada bo‘ladi (95 ming uchuvchi va 100 ming texnik). Rossiya va MDHda esa bu ko‘rsatkichlar kichikroq – 17 ming uchuvchi va 22 ming texnik.

Top