00:42 / 21.07.2015
2692

Facebook Kiselyovning akkauntini uning haqiqiyligiga shubha qilgani sababli o‘chirib tashlagan

“Vesti nedeli” dasturi teleboshlovchisi va “Rossiya segodnya” axborot agentligi bosh direktori Dmitriy Kiselyovning Feysbuk va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlari ularning haqiqiyligiga shubha qilinib o‘chirib tashlangan, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoq matbuot xizmati.

“Biz foydalanuvchining akkauntlari soxta bo‘lishi mumkinligiga ishora qiluvchi shikoyatlar ola boshladik. Keyinroq biz bu ma'lumotning haqiqiyligini tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan barcha zaruriy axborotni oldik, natijada ikkala akkaunt ham qayta tiklandi”, deb aytdi Facebook matbuot kotibi.

Kiselyov 19 iyul kuni uning ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti ochilgandan 4 soat o‘tib Facebook ma'muriyati tomonidan to‘sib qo‘yilganini aytgan edi. Shuningdek, jurnalistning Instagram’dagi akkaunti ham o‘chirib tashlangan.

Top