21:36 / 21.07.2015
4665

Grooveshark musiqa xizmatining 28 yoshli hamasoschisi o‘z uyida o‘lik holda topildi

Grooveshark oqimli musiqa xizmatining 28 yoshli hamasoschisi Djosh Grinberg Florida shtatining Geynsvill shahridagi o‘zining uyida o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda Variety nashri.

Yigit o‘limining sabablari hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Politsiyada Grinberg qandaydir noqonuniy faoliyat yuritgani yoki o‘z joniga qasd qilgani bo‘yicha hech qanday isbot yo‘q. Shu bilan birga yigit Grooveshark xizmatining yopilishi sababli tushkunlikka tushib qolganligi ma'lum qilingan.

2006 yilda ishga tushirilgan Grooveshark xizmati ilk striming musiqa xizmatlaridan biri bo‘lgan edi. 2015 yilning aprelida sud mualliflik huquqlarini buzgani uchun xizmatga Universal Music Group, Sony Music Entertainment va Warner Music Group kompaniyalariga 75 mln dollar to‘lash majburiyatini qo‘ygan. Shundan keyin Grooveshark o‘z ishini to‘xtatgan.

Top