22:11 / 21.07.2015
2710

Isroil bosh vaziri Quddusda AQSh Mudofaa vazirini qabul qildi

21 iyulda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining Quddus shahridagi qarorgohida AQSh Mudofaa vaziri Eshton Karterni kutib oldi. Bu haqda Netanyaxuning devoxonasi bergan ma'lumotda ma'lum qilindi.

Netanyaxu bilan uchrashuv Karterning Isroilga tashrifi davomidagi oxirgi uchrashuvi bo‘ldi. 20 iyul kuni Karter Isroil Mudofaa vaziri Moshe Yaalon bilan muzokaralar olib bordi va Isroilning shimoliy chegarasidagi hududga tashrif buyurdi.

Matbuot-anjumanida Yaalon ham, Karter ham Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilganlik bo‘yicha Isroil va AQSh o‘rtasidagi kelishmovchiliklar mavzusida to‘xtalib o‘tdilar.

Karter Isroilga tashrifidan keyin minqata bo‘yicha safarini Saudiya Arabistoni va Iordaniyaga tashrifi bilan davom ettiradi.

Top