11:31 / 21.07.2015
2471

Istanbulda namoyish uyushtirganlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llandi

21 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida 1 kun oldin mamlakat sharqidagi Suchuk shahrida yuz bergan portlashga norozilik sifatida odamlar ko‘chalarga chiqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi.

Taqsim maydoniga to‘plangan yuzlab odamlar terakt oqibatida 30 kishining halok bo‘lishi va yuzdan ortiq odam jabrlanishi uchun Erdo‘g‘an hukumatini ayblagan.

Guvohlarning ma'lum qilishicha, namoyish tinch ruhda boshlangan, lekin kutilmaganda yig‘ilganlardan biri politsiya tomon buyum irg‘itishi tufayli tartibsizlik boshlangan. Natijada, politsiya xodimlari namoyishchilarga qarata ko‘zdan yoz oqizuvchi gaz qo‘llashib, suv purkashgan.

Top