13:51 / 21.07.2015
2181

Jizzaxda xususiy mulkni himoya qilish muhokama qilindi

Jizzaxda O‘zbekiston prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishonchli himoyasini ta'minlash, tezkor rivojlanish uchun to‘siqlarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini muhokama qilishga bag‘ishlangan ochiq suhbat o‘tkazildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi xabar bermoqda.
Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor natijasida iqtisodiyotda ushbu sektorning ulushi muntazam ravishda oshib bormoqda. Jumladan, 2014 yilda sohaning sanoatdagi ulushi 41.9 foizni, qishloq xo‘jaligida 100 foizni, qurilishda 92.6 foizni, pulli xizmatlarda 43 foizni, yuk tashishda 89.4 foizni tashkil qildi. Bu yo‘nalishlarga tijoriy banklar 191.3 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratdi.
Bundan tashqari, yilning o‘tgan davrida umumiy qiymati 116 mlrd so‘mlik mingdan ortiq loyiha amalga oshirildi.

Top