12:01 / 21.07.2015
3083

Los-Anjyeles politsiyasi mahalliy uylardan birida 1.2 ming qurol birligi va 2 ming tonna o‘q-dori topdi

Los-Anjyeles okrug politsiyasi megapolisdagi uylardan birida butun boshli aslahaxona topib oldi. U yerda 1.2 ming qurol birligi va 2 ming tonna o‘q-dori topildi. Bu haqda Los Angeles Times gazetasi xabar bermoqda.
“Qurollar o‘tgan hafta topilgan edi, ammo bu matbuotga joriy haftada ma'lum bo‘ldi”, – dedi nashr.
“Biz topilgan qurol-yarog‘ miqdoridan hayratga tushdik, – dedi kapitan Endryu Smit. – Qurollar ichida to‘pponchalar, yarim avtomatik soymiltiqlar, karabinlar bor edi”.
Aytilishicha, uyda joylashgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorini olib chiqib ketish uchun bir nechta yuk mashinasi talab qilindi.

Top