07:01 / 21.07.2015
1943

OAV: Pearson nashriyoti Financial Times gazetasini 1,6 mlrd dollarga sotishi mumkin

Buyuk Britaniyaning Pearson nashriyot xoldingi Financial Times gazetasini sotishi imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi vaziyatdan xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, gazeta 1 mlrd funt sterlingga (1,6 mlrd dollarga) baholanishi mumkin. Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Financial Times gazetasini xarid qilishga Axel Springer SE kabi mediakompaniyalar hamda Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyodan sarmoyachilar qiziqish bildirishi mumkin. Gazeta sotilishi rasman e'lon qilinmagan.

Pearson va Axel Springer vakillari ushbu holat yuzasidan hech qanday izoh berishmadi.

Financial Times`ning moliyaviy ko‘rsatkichlari oshkor qilinmaydi. Gazeta kasbiy ta'lim bilan shug‘ullanuvchi Pearson kompaniyasining bo‘linmasi hisoblanadi. 2014 yilda gazetaga 720 ming kishi obuna bo‘lgan.

Top