22:24 / 21.07.2015
3706

O‘zbekistonda joriy yilning birinchi yarim yilligida jinoiy javobgarlikdan 6545 nafar kishi ozod etildi

O‘zbekistondagi umumiy yurisdiksiya sudlari odil sudlov, fuqarolarning qonun bilan himoyalanuvchi manfaatlarini himoyalash, ijtimoiy haqiqat va qonun ustuvorligini ta'minlash bo‘yicha samarali faoliyatni amalga oshirmoqda.

O‘zbekiston Oliy sudi matbuot kotibi Aziz Abidov bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning birinchi yarim yilligida sudlar tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha 129 ming ish ko‘rib chiqilgan, ulardan 88 foizi bo‘yicha sud qarorlari chiqarildi. Chiqarilgan sud qarorlari bo‘yicha da'volarning 89 foizi qondirildi.

Abidovning aytishicha, murosaga keltirish institutining samarali ishlatilishi natijasida hisobot davrida 6545 nafar kishi jinoiy javobgarlikdan ozod etildi, deb xabar berdi 12news nashri.

Top