12:48 / 21.07.2015
2264

Shahrisabzlik 20 yashar yigit tanishining Damas’ini o‘g‘irlab ketdi

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida mashina o‘g‘irligi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aytilishicha, 1994 yili tug‘ilgan Jonibek ismli yigit tanishi, 1988 yili tug‘ilgan Begzodning Damas rusumli mashinasini o‘g‘irlab ketgan. Bundan xabar topgan Begzod darhol militsiyaga murojaat qilgan. Jinoyatchi mashinada ketayotganida militsiya mashinasi tomonidan to‘xtatib qolingan.

Top