02:51 / 22.07.2015
2082

“Manchester Yunayted” Pedroga “Chelsi”dan ko‘proq maosh taklif qilmoqda

“Manchester Yunayted” klubi “Barselona” yarimhimoyachisi Pedro bilan aloqaga chiqib, unga shaxsiy shartnoma taklif qildi.

Mankunianliklar 27 yoshli futbolchiga “Chelsi” taklif qilayotgandan ko‘proq maosh to‘lashga tayyorliklarini bildirdilar, deb xabar bermoqda beIN Sports jurnalisti Tankredi Palmeri.

Avvalroq “MYu” Pedroning transferi uchun 30 mln yevro to‘lashga tayyorligi ma'lum qilingandi.

Top