09:59 / 22.07.2015
3078

AQShda xakerlar internet orqali harakatdagi avtomobil boshqaruvini qo‘lga kiritdi

Ilgari AQSh milliy xavfsizlik agentligida ishlagan Charli Miller va IOActive avtomobil xavfsizligi kompaniyasi direktori Kris Valasek harakatdagi avtomobil boshqaruvini internet orqali qo‘lga kiritdi. Bu haqda Wired nashri yozmoqda.

“Mening Jeep Cheroki rusumli mashinam 110 km/soat tezlikda ketayotgan edi, to‘satdan konditsioner to‘la quvvat bilan ishlay boshladi, radio mahalliy stansiyaga ulandi va o‘chirilmadi. Keyin oynatozalagichlar ishlab ketdi, suyuqlik oynani qopladi. Bort kompyuteri monitorida xakerlarning yuzlari paydo bo‘ldi”, – deydi nashrning tajribada ishtirok etgan jurnalisti.

Ushbu tajribadan ko‘zlangan maqsad ichida ko‘p miqdorda elektronika joylashtirilgan mashinalarning kiberxavfsizligiga jamoatchilik e'tiborini qaratish bo‘ldi.

Top