16:23 / 22.07.2015
81290

Gulchehra Eshonqulova 2 oylik turmushidan keyin ajrashdi

Taniqli aktrisa, ikki oy muqaddam Sharof Sharapov bilan turmush qurgan Gulchehra Eshonqulova ajrashgani ma'lum bo‘ldi. 21 yoshli Sharapov va 34 yoshli Eshonqulova o‘rtasidagi nikoh bor-yo‘g‘i 2 oy davom etdi.

Sayyod.com saytining ma'lum qilishicha, ushbu nikohga Sharapovning ota-onasi rozi bo‘lmagan, lekin kelin va kuyov ular “oxiri ko‘nikishadi” degan fikrga kelib, o‘z fikrlaridan qaytmagan.

“Men hozir Samarqanddaman va o‘z xatoimni tushunib yetdim, – deydi Sharapov intervyusida. – Ota-onamni tanladim, ularni hech qachon qaytarib bo‘lmaydi. Xotin kishini hamisha topsa bo‘ladi. Nikoh va ZAGS bo‘lib o‘tgani rost, lekin baribir turmush yaxshi bo‘lmadi... Baribir yosh bilinarkan va birga bo‘lmaslikni anglatarkan. Ochig‘i, ko‘zlarim ko‘r edi, bilmayman nega. Hamma narsadan voz kechgandim, ota-onamdan xam, ammo mana hammasini tushunib yetdim va uyimga qaytdim. Endi hamma hammasini bilishaversin”.

Top