16:18 / 22.07.2015
3409

Jyeyms Bond sarguzashtlari haqidagi yangi "007: "Spektr" filmining navbatdagi treyleri namoyish qilindi

YouTube portalida Sem Mendes tomonidan suratga olingan Jyeyms Bond sarguzashtlari haqidagi navbatdagi "007: "Spektr" filmining yangi treyleri paydo bo‘ldi.

Bond sarguzashtlari haqidagi filmlarning 24-qismida Jyeyms Bondga maxsus shifrlar kelib tushadi va u "Spektr" (Special Executive for Counter-intelligence, Terrorism, Revenge, and Extortion — Kontrrazvedka, qasos va tamagirlik bo‘yicha maxsus tashkilot) nomli yovuz tashkilot ortidan tushadi. Bu qismda ham oldingi 3 qismda bo‘lgani kabi bosh rolni britaniyalik Daniyel Kreyg ijro etgan. Yovuzlar boshlig‘ini o‘ynash esa Kristofer Valtsga topshirilgan. Shuningdek, filmda ilk bor Reyf Fayns rol o‘ynagan, Ben Uishou esa qidiruv xizmati (MI-6) rahbari rolida. Qolaversa, kartinada Monika Beluchchi va Lea Seydu britaniyalik josuslar sifatida chiqishadi.

Treylerda portlashlar va avariyalar tasvirlangan ko‘plab kadrlar joylashtirilgan.

Film rejissyorining ma'lum qilishicha, yangi kartina uchun saundtrek tayyorlanmoqda.

Ushbu kartinaning taqdimoti shu yilning 26 oktabr sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Top