15:52 / 22.07.2015
2357

Keyingi 1 yil ichida rossiyaliklarning ta'til uchun xorijga chiqishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar 2 baravar kamaydi

Rossiyaliklarning xorijga chiqish uchun oladigan pasportlarini rasmiylashtirish bo‘yicha yarimyillikda qayd etilgan ko‘rsatkich o‘tgan yilga taqqoslaganda ikki baravar qisqardi. Bu haqda TASS federal muhojirlik xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Konstantin Romodanovskiyning so‘zlariga ko‘ra, bunga hozirda rossiyaliklarning qo‘lida «5 yillik» va «10 yillik» xorij pasportining borligi va shuningdek, rossiyaliklarning xorijga dam olishga kam chiqishayotgani sabab bo‘lmoqda.

«Fuqarolar xorijda dam olishdan ko‘ra Rossiyada qolishni afzal bilishmoqda», - deydi FMX rahbari.
Top