12:56 / 22.07.2015
3057

Milanda "IShID"ning 2 nafar targ‘ibotchisi qo‘lga olindi

22 iyul kuni Italiya shimolidagi Milan shahrida "IShID" safiga odamlarni yollashni maqsad qilgan ikki kishi hibsga olindi. Bu haqda The Local nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, 35 yoshli tunislik hamda 27 yoshli pokistonlik mamlakatda o‘tkazilayotgan aksilterror kampaniya doirasida qo‘lga tushgan.

Italiya ayni vaqtda Tunis, Kuvayt va Fransiyadan keyin teraktlar xavfi yuqori bo‘lib turgan davlat sifatida qayd etilmoqda. Bunga Italiya hukumatining terrorchilikka qarshi koalitsiyaga qo‘shilishini ma'lum qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Top