22:04 / 22.07.2015
1790

Misrning Muborak hokimiyati paytidagi sobiq bosh vaziri 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Misr sudi Husni Muborak hokimiyati paytida mamlakatning bosh vaziri lavozimini egallagan Ahmad Nazif bo‘yicha ishni qaytara ko‘rib chiqish davomida uni 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Avvalroq Nazif 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi va u bu ishning qayta ko‘rib chiqilishini so‘rab sudga apellyatsiya bergan edi.

Bundan avval Misr sudi ishning qayta ko‘rilishi davomida Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak va uning ikki o‘g‘lini korrputsiya bo‘yicha 3 yilga ozodlikdan mahrum etgan edi.

Bunda gap saroylar ishi haqida ketmoqda. Tergov versiyasiga ko‘ra, Muborak va uning ikki o‘g‘li prezident saroylarining ta'mirlanishiga ajratilgan 125 mln misr funtini (18 mln dollar atrofida) o‘zlashtirib olganlar.

Top