10:47 / 22.07.2015
3978

"MYu" va "Real" o‘rtasida "sovuq urush" ketmoqda

"MYu" va "Real" jamoalari darvozabon David De Xeaning transferi borasida murosaga kela olishmayapti.

Marca nashrida yozilishicha, inglizlar bu futbolchisini 40 mln yevro evazigagina qo‘yib yuborishlarini ma'lum qilishgan. Shuningdek, "MYu" bu transferni "Real"dan Ramos va Keylor Navas olinishi evaziga amalga oshirishlari mumkin.

"Real" jamoasidagilar esa bu shartlar haddan tashqari qabul qilib bo‘lmas darajada ekanligini aytishgan.

Top